← Turnirlar & Tadbirlar

EZ Tournament 1vs1

upcoming · 1vs1

Assalomu alaykum, Generals!

UzbekGenerals.uz hamjamiyatida yangi EZ Tournament 1vs1 turniri o‘tkaziladi. Turnirning maqsadi — kuchli o‘yinchilarni adolatli tartibda bellashtirish va eng kuchli 1v1 o‘yinchini aniqlash.

Turnir nomi: EZ Tournament 1vs1

Sayt: UzbekGenerals.uz

O‘yin: Command & Conquer: Generals Zero Hour

Platforma: Generals Online so‘nggi versiyasi

Format: 1v1

Boshlang‘ich pul: $10,000

Turnir tizimi: Single Elimination

GenTool: Majburiy

Upload Mode: Yoqilgan bo‘lishi shart

1. Umumiy qoidalar

Har bir o‘yinchi turnirda o‘zining asosiy va tanilgan nickname’i bilan qatnashishi kerak.

Boshqa odam nomidan o‘ynash, fake account ishlatish, account sharing yoki yashirin smurf bilan qatnashish taqiqlanadi.

O‘yinchilar bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart. Haqorat, provokatsiya, toxic chat yoki turnir muhitini buzadigan harakatlar jazolanadi.

Admin yoki referee qarori yakuniy hisoblanadi.

2. Halol o‘yin qoidalari

Cheat, map hack, bug abuse, scaffold abuse, intentional mismatch, disconnect abuse yoki boshqa noqonuniy ustunlik beruvchi usullar qat’iyan taqiqlanadi.

Qoidabuzarlik holatida quyidagi jazolar qo‘llanishi mumkin:

Ogohlantirish

Bitta o‘yinda mag‘lubiyat

Butun setda mag‘lubiyat

Turnirdan chiqarish

Keyingi turnirlardan vaqtinchalik yoki doimiy chetlatish

3. O‘yin formati

Turnir 1v1 formatida o‘tkaziladi.

Asosiy o‘yin tartibi: Random Reverse.

Bu tartibda birinchi o‘yin random army bilan o‘ynaladi. Keyingi o‘yinda aynan shu matchup teskari taraflarda qayta o‘ynaladi.

Masalan:

Birinchi o‘yin:

Player A — USA

Player B — GLA

Ikkinchi o‘yin:

Player A — GLA

Player B — USA

Agar matchup mirror bo‘lsa, u oddiy o‘yin sifatida hisoblanadi va qayta o‘ynash shart emas, faqat admin alohida aytgan bo‘lsa bundan mustasno.

4. Bosqichlar tartibi

1-bosqich: Best of 5

Chorak final: Best of 7

Yarim final: Best of 9

Final: Best of 11

3-o‘rin uchun o‘yin: Best of 9

Best of 5 — g‘alaba uchun 3 ta yutuq kerak.

Best of 7 — g‘alaba uchun 4 ta yutuq kerak.

Best of 9 — g‘alaba uchun 5 ta yutuq kerak.

Best of 11 — g‘alaba uchun 6 ta yutuq kerak.

5. Xarita tanlash tartibi

Birinchi xaritani kim tanlashi coin flip, wheel yoki admin qarori orqali aniqlanadi.

Birinchi o‘yinchi xarita tanlaydi. Shu matchup reverse o‘yini ham o‘sha xaritada o‘ynaladi.

Keyin ikkinchi o‘yinchi keyingi xaritani tanlaydi. Shu tartib set oxirigacha davom etadi.

Bitta set ichida bir xil xaritani qayta tanlash mumkin emas.

Agar xarita bo‘yicha kelishmovchilik bo‘lsa, admin qaror qiladi.

6. Hal qiluvchi o‘yin

Agar hisob teng bo‘lib qolsa va oxirgi hal qiluvchi o‘yin kerak bo‘lsa, decider o‘ynaladi.

Decider tartibi:

Mirror matchup

Admin belgilagan xarita

Reverse yo‘q

G‘olib keyingi bosqichga o‘tadi

Tavsiya etilgan decider:

Tank Mirror — Tournament Desert No Bugs Cars

7. Xaritalar ro‘yxati

Turnirda faqat admin tasdiqlagan ranked xaritalar ishlatiladi.

Tavsiya etilgan xaritalar:

[RANK] Tournament Desert No Bugs Cars ZH v1

[RANK] TD Open Middle ZH v1

[RANK] Lagoon ZH v1

[RANK] Vendetta ZH v1

[RANK] Farmlands of the Fallen ZH v1

[RANK] Natural Threats ZH v1

[RANK] Sand Scorpion ZH v1

[RANK] Barren Badlands Balanced ZH v1

[RANK] Canyon Frost ZH v1

[RANK] Forgotten Air Battle ZH v1

Admin turnir boshlanishidan oldin xaritalar ro‘yxatini o‘zgartirish huquqiga ega.

8. Lag va uzilish holatlari

Agar o‘yin boshida kuchli lag bo‘lsa, o‘yin qayta boshlanishi mumkin.

Agar o‘yin boshida disconnect bo‘lsa va hech kimda aniq ustunlik bo‘lmasa, o‘yin qayta o‘ynaladi.

Agar disconnect o‘yin o‘rtasida yoki oxirida bo‘lsa, admin replay orqali vaziyatni ko‘rib chiqadi.

Agar bitta o‘yinchi doimiy disconnect qilsa, unga mag‘lubiyat berilishi mumkin.

Qasddan disconnect qilish taqiqlanadi.

9. Replay va natijalar

Har bir o‘yindan keyin replay saqlanishi shart.

Set tugagandan keyin g‘olib quyidagilarni admin yoki turnir sahifasiga yuboradi:

Yakuniy hisob

Replay fayllar

Raqib nickname’i

Kerak bo‘lsa screenshot

Agar replay bo‘lmasa va nizo chiqsa, admin qaroriga ko‘ra o‘yin qayta o‘ynalishi yoki bekor qilinishi mumkin.

10. Stream qoidalari

Agar o‘yin stream qilinayotgan bo‘lsa, o‘yinchilar admin yoki streamer ko‘rsatmalariga amal qilishi kerak.

Stream delay tavsiya qilinadi.

Stream sniping taqiqlanadi.

Agar o‘yinchi stream orqali noqonuniy ustunlik olsa, u jazolanadi.

11. O‘yin vaqtini kelishish

O‘yinchilar o‘z matchlarini belgilangan muddat ichida o‘ynashi kerak.

Agar ikkala o‘yinchi faol bo‘lsa, ular o‘zaro kelishib vaqt tanlaydi.

Agar bitta o‘yinchi javob bermasa yoki o‘yindan qochsa, ikkinchi o‘yinchiga texnik g‘alaba berilishi mumkin.

O‘yinchi belgilangan vaqtda kelmasa, 15 daqiqa kutish vaqti beriladi. Shundan keyin raqib admin bilan bog‘lanishi mumkin.

12. Admin huquqlari

Adminlar quyidagi qarorlarni qabul qilishi mumkin:

Qoidalarni tushuntirish

Replay tekshirish

Nizo holatlarini hal qilish

Ogohlantirish berish

O‘yinda mag‘lubiyat berish

Setda mag‘lubiyat berish

O‘yinchini turnirdan chiqarish

Zarurat bo‘lsa turnir tartibini o‘zgartirish

Admin qarorlari turnir adolatini saqlash uchun qabul qilinadi.

13. Yakuniy eslatma

Bu turnir UzbekGenerals.uz hamjamiyati uchun tashkil qilinmoqda. Hamma o‘yinchilar halol o‘ynashi, raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va turnir muhitini buzmasligi kerak.

Omad, Generals!

Ishtirok etish uchun tizimga kiring.

Ishtirokchilar (3)

  • 1
    B
    Boburbek Ekspert Uzbekistan Rad etildi
  • 2 Ibragimov Boburbek "Hxrtmxn" admin Master Uzbekistan Tasdiqlandi
  • 3
    S
    Sinner officer Yangi Uzbekistan Rad etildi — nooblar qoshilmaydi)

Izohlar (0)

No comments yet. Be the first!

Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.